TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik taekvondochilar Turkiyaning Anqara shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘tkazilgan “Turkish Open” turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida dayanga chiqqan sakkiz nafar O‘zbekiston vakillarining yarmi g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Ahamiyatlisi, -74 kg vazn toifasida ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi Jasur Jaysunov hamda Najmiddin Qosimxo‘jayev o‘zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli uchrashuvda Osiyo chempioni Jaysunovning qo‘li balandi keldi.
Umumiy hisobda O‘zbekiston kattalar terma jamoasi mazkur musobaqani 3 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza medallari bilan yakunlashdi. Barcha g‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-74 kg: Jasur Jaysunov;
-87 kg: Nikita Rafalovich;
-49 kg: Madinabonu Mannopova.
Kumush medal:
-74 kg: Najmiddin Qosimxo‘jayev.
Bronza medal:
-54 kg: Omonjon Otajonov.
Shuningdek, musobaqaning kadetlar toifasida Islom Akchurin hamda Azizbek Sattorov oltin, Laylo Hasanova bronza medalini qo‘lga kiritdi.