TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi milliy qonunchilikka muvofiq o‘tdi, ovoz berishni tashkil etish va ovoz berish jarayoni bilan bog‘liq hech qanday shikoyat kelib tushmadi. Bu haqda mamlakat Oliy sudi raisi o‘rinbosari Xalilillo To‘raxo‘jayev ma’lum qildi.
“O‘zbekiston prezidenti saylovi milliy qonunchilikka muvofiq bo‘lib o‘tdi. Ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq shikoyat Oliy sudga kelib tushmadi”, — dedi To‘raxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9-iyul kuni O‘zbekistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi.