O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti saylovida g‘alaba qozondi - dastlabki natijalar

Shavkat Mirziyoyev, arxiv surat
Mirziyoyev muddatidan ilgari o‘tkazilgan saylovda 87,05 foiz ovoz olib, g‘alaba qozondi.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, saylovda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) nomzod Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozondi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev ma’lum qildi.
Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz olib, O‘zbekiston prezidenti etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9-iyul kuni, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari kursisi uchun Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘zaro kurash olib borishdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda 79,88 foiz yoki 15 651 405 nafar saylovchi ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida O‘zbekiston Prezidenti saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish.
Prezident saylovining dastlabki natijalari