"Innoprom - 2023" kzo‘rgazmasida Minsk traktor zavodi ham o‘z ishlanmalarini taqdim etdi. Korxona forumga nafaqat Belarus traktorlarini balkim korporativ rangda va MTZ logotipi bilan ishlab chiqilgan "Formula 1" poyga avtomobili ko‘rinishidagi original foto zonani ham olib keldi. Ushbu foto zona hukumat rahbarlari va ko‘rgazmaning boshqa ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Yekaterinburg shahrida "Innoprom - 2023" xalqaro sanoat forumi ochildi. Bu yil 700 ga yaqin kompaniya, Rossiya-Xitoy ko‘rgazma zonasida yana 400 ga yaqin kompaniya taqdim etilgan. Ishtirokchilarning deyarli 30 foizi o‘z yutuqlarini birinchi marta namoyish qilmoqda.
Tashkilotchilarning prognozlariga ko‘ra, Innopromda butun Rossiyadan 35 dan ortiq xalqaro delegatsiyalar va 25 ta mintaqaviy delegatsiyalar ishtirok etadi. Tadbirkorlar uchun savdo vakillari uchun platforma tashkil etilgan.
"Innoprom"ning birinchi kunida ko‘rgazmaga Belarus, Rossiya va Qozog‘iston bosh vazirlari Roman Golovchenko, Mixail Mishustin va Alixon Smoilovlar tashrif buyurishdi.
Innoprom 10 dan 13-iyulgacha Ekaterinburg-Ekspo markazida bo‘lib o‘tadi.