TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Agar UQKning Smolensk AESga hujum qilishga urinishi haqidagi ma’lumot tasdiqlansa, Rossiya Ukrainadagi uchta AESga bir vaqtning o‘zida hujum qilish ssenariysini ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi, deb yozdi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram-kanalida.
"Agar Smolensk (Desnogorsk) AESga NATO raketalari bilan hujum qilishga urinishi tasdiqlansa, Rossiyaning Janubiy Ukraina AES, Roven AES va Xmelniskiy AESga, shuningdek, Sharqiy Yevropadagi yadroviy obyektlarga bir vaqtning o‘zida zarba berish ssenariysini ko‘rib chiqish kerak. Uyaladigan narsa qolmadi", — deb yozdi Medvedev.
Avvalroq yakshanba kuni ba’zi Telegram-kanallarda Ukraina qo‘shinlari Smolensk viloyatidagi Desnogorsk atom stansiyasiga raketa bilan hujum qilishga uringani haqida xabar berilgan edi.
Smolensk AES Desnogorsk shahridan uch kilometr uzoqlikda joylashgan, “Konsern Rosenergoatom” AJ konsernining filiali hisoblanadi. 1982-yilda vaoliyati boshlangan. Stansiya yiliga 20 milliard kVt/soatga yaqin elektr energiyasini ishlab chiqaradi.