TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha matbuot tadbirlarini o‘tkazish grafigini e’lon qildi.
vaqti | tadbir turi | spiker |
10:00 — 10:10 | Brifing | Oliy sud vakili |
10:30 — 10:40 | Brifing | Bosh prokuratura vakili |
11:00 — 11:30 | Matbuot anjumani | MSK raisi |
11:30 — 14:00 | Matbuot anjumani | Xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar missiyalari vakillari |
18:00 — 18:30 | Brifing | O‘zbekiston nogironlar jamiyati, "Demokratiya va inson huquqlari instituti" NNT, O‘zbekiston volonterlar assotsiatsiya vakillari |
Tadbirlar Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uy Simpoziumlar saroyida tashkil etilgan Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida o‘tkaziladi.
Matbuot tadbirlarda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishlari mumkin.