Bo‘zsuv kanalida cho‘kayotgan mast fuqaro qutqarildi

Toshkentda fuqaro spirtli ichimlik is’temol qilib, cho‘milish maqsadida suvga tushgan.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan fuqaro qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar qildi.
Hodisa bugun, 10-iyul kuni, sodir bo‘lgan. Soat 14:51 da Toshkent shahar FVB Tezkor boshqaruv markazi Navbatchi-dispetcherlik xizmatiga TXAY ko‘chasi "Orzu" qahvaxonasi oldidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida fuqaro cho‘kib ketayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Bo‘zsuv kanalida cho‘kayotgan mast fuqaro qutqarildi
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvilari yetib borgan. Ma’lum bo‘lishicha fuqaro spirtli ichimlik is’temol qilib, cho‘milish maqsadida suvga tushgan va o‘z ehtiyotsizligi natijasida xavfsizligini ta’minlay olmay cho‘kayotgan bo‘lgan.
FVV qutqaruvchilari fuqaroni kanaldan olib chiqib, hayotini saqlab qoldi. Shundan so‘ng unga psixologik yordam ko‘rsatildi.