TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. 7-9 iyul kunlari Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qiziqarli bellashuvlar yakunida Anastasiya Saranseva halqa, Mishel Nesterova tasmadagi mashqlarda shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
“Qayd etish joiz, bu badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida o‘zbekistonlik sportchilarning birinchi sovrindorlar qatoridan joy olishi bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Jahon chempionatida 59 ta mamlakatdan bo‘lgan 379 nafar gimnastikachi yakkalik va 37 ta jamoa guruh mashqlarida ishtirok etgan.