TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Bugun Rossiyaning Vladivostok shahrida joylashgan saylov uchastkasi o‘z ishini tugatdi. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo Assambleyasi xabar berdi.
Vladivostokdagi o‘zbekistonliklar saylovda ovoz berib bo‘lishdi
© MPA SNG
Mamlakatning Vladivostokdagi Bosh konsulligi huzuridagi saylov uchastkasi birinchilardan bo‘lib vaqt farqi tufayli (Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da) ochildi.
Vladivostokdagi 37-saylov uchastkasi
© MPA SNG
Xorijiy saylov uchastkasida ovoz berish jarayonini MDH PA kuzatuvchilari kuzatib borishdi. Qayd etilishicha, saylovlar tinch-osoyishta o‘tgan.Tez orada ovozlarni sanash boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasida joylashgan prezident saylovini o‘tkazuvchi 37-saylov uchastkasi o‘z ishini boshqa mamlakatlardan oldin boshladi.