Bu qiziq

Pishgan va mazali tarvuzni qanday tanlash kerak — video

Tarvuz, ayniqsa, yoz oyida eng sevib iste’mol qilinadigan poliz ekinlaridan biri sanaladi. Mazali va pishgan tarvuzni bir qancha usullar bilan tanlab olish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Ayni kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab tarvuz savdosi avjiga chiqqan. Har bir kishi pishgan, mazali va tilorar tarvuzni tanlashni istaydi.
Toshkentdagi anchadan buyon tarvuz va qovun savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan Isroil aka Sputnik muxbiriga tarvuz tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligini so‘zlab berdi.
Uning aytishiga ko‘ra, tarvuzning chiziqlari yo‘g‘on va aniq ajralib turadigan, urganda jarangdor ovoz chiqaradigan tarvuz pishgan bo‘ladi.
“Tarvuz tanlashda birinchi o‘rinda uning chizig‘iga e’tibor berish kerak. Chizig‘i yirikroq, urib ko‘rganda jarangdor ovoz chiqaradigan tarvuz eng zo‘r pishgan bo‘ladi”, - deydi sotuvchi.