Sertifikatlashtirish baholash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. 7-iyul kuni prezident imzolagan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.
Shunga ko‘ra:
Muvofiqlikni baholash qoidalarini muvofiqlikni baholash organlari tomonidan buzish, agar bu texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulot chiqarilishiga yoki muvofiqlikni baholashni amalga oshirish uchun mahsulotni taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaxsga zarar yetkazilishiga olib kelsa:
mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda (3 mln 300 ming so‘mdan 13 mln 200 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa:
mansabdor shaxslarga BHMning 40 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda (13 mln 200 ming so‘mdan 26 mln 400 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ilgari bunday norma mavjud emas edi.