O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

O‘zbekistondagi saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi — foto, video

Saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari soat 08:00dan 20:00ga qadar davom etdi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Saylov qonunchiligiga ko‘ra, O‘zbekistondagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni soat 20:00 da yakunlanadi.
Bugun O‘zbekistondagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari soat 08:00da boshlandi. Saylovda ovoz berish uchun O‘zbekiston bo‘yicha jami 10784 ta saylov uchastkasi tashkil etildi.
Uchastkalar ochilganidan beri soat 17:00 holatiga jami 13 459 677 nafar ovoz beruvchi ishtirok etdi. Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatida eng ko‘p saylovchi ovoz bergan. Ularning soni 1 611 307 nafar.
Saylov uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, bulletenlarni sanash jarayonlari boshlandi.
Ovoz berish qutilarini ochish navbatma-navbat amalga oshiriladi avval ko‘chma, so‘ngra statsionar ovoz berish qutilari ochiladi.
Saylov bulletenlari
Ovozlar bevosita saylov o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolari tomonidan sanab chiqiladi.
O‘zbekistondagi saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga (SAER) jami 19 mln 593 ming 838 nafar fuqaro kiritildi. Shulardan 47 foizini erkaklar, 53 foizini ayollar tashkil etadi. 30,1 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat. Xorijiy mamlakatlarda tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatidan jami 323 ming 626 nafar saylovchi joy oldi.