Moskvada ovoz berish qanday o‘tmoqda — video

O‘zbekiston prezidenti saylovida ovoz berish uchun 39 ta xorijiy mamlakatda 56 ta saylov uchastkasi ochilgan.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Moskvada yashayotgan fuqarolar ovoz berish uchun O‘zbekiston elchixonasiga kelishdi. Erta tongdan bu yerda juda ko‘p odam to‘plandi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“Erta tongdan mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan siyosiy jarayonda qatnashishga qaror qilgan fuqarolarimizning faolligi kuzatilmoqda. Ular o‘zlari to‘g‘ri deb bilgan nomzodga ovoz berishmoqda", - deydi O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Botirjon Asadov.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, bosh konsulliklarda, Rossiyaning yana 6 ta hududida saylov uchastkalari tashkil qilingan. 28-iyundan 5-iyulga qadar muddatidan avval ovoz berish bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘chma saylov qutilari orqali ham faol ovoz berilgan.
Bugun, 9-iyul kuni, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston bo‘ylab jami 10 784 ta, 39 ta xorijiy mamlakatda esa 56 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da boshlandi.