TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Kerch yaqinida qanotli raketani urib tushirdi, xabar berdi Qrim rahbari Sergey Aksonov o‘zining Telegram-kanalida.
“Kerch hududida havo hujumidan mudofaa kuchlari qanotli raketani urib tushirdi. Vayronalar va qurbonlar yo‘q”, — deb yozgan Aksonov o‘z xabarida.
Respublika rahbari barchani xotirjamlikka va faqat ishonchli axborot manbalariga ishonishga chaqirdi.
Ukraina qo‘shinlari Rossiya chegara hududlarini, jumladan, Qrim va Sevastopolni doimiy ravishda o‘qqa tutmoqda. 22-iyun kuni ertalab ular Xerson viloyati va Qrim o‘rtasidagi ma’muriy chegaradagi ko‘priklarga raketa hujumini uyushtirib, Chongarsk ko‘prigiga jiddiy zarar yetkazdi. Voqea joyida Fransiya-Britaniyada ishlab chiqarilgan Storm Shadow qanotli raketasining parchalari topildi.