O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan saylovchilar — video

Saylov uchastkasiga kimdir 85 yoshli qizi bilan, yana kimdir 60 nafar oila a’zosi bilan keldi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Bugun O‘zbekistondagi saylov uchastkalarida 18 yoshdan 128 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarni uchratish mumkin bo‘ldi. Sputnik saylovda qatnashgan o‘ziga xos ovoz beruvchilarni bir videoga jamladi.
Eslatib o‘tamiz, saylov qonunchiligiga ko‘ra, O‘zbekistondagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni soat 20:00 da yakunlandi.
Saylovda ovoz berish uchun O‘zbekiston bo‘yicha jami 10784 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Uchastkalar ochilganidan beri soat 17:00 holatiga jami 13 459 677 nafar ovoz beruvchi ishtirok etdi.