Chotqol qo‘riqxonasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tezkor shtab tuzilib, yong‘in bartaraf etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Kecha, 8-iyul kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasiga qarashli Maydontol bo‘limi “Yaylovcha” hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hududga zudlik bilan Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda korxona va tashkilotlar mas’ul xodimlari yetib borgan. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tezkor shtab tuzilib, yong‘in bartaraf etilgan.
Holat yuzasidan o‘rganish ishlari yakuniga yetgach, natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.