TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti saylovida biometrik identifikatsiya tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda.
Tizim yordamida ovoz berish jarayoni ancha tez o‘tmoqda. Asosiysi — bunday tizim orqali ovoz berganda fuqaroning qaysi saylov uchastkasiga biriktirilgani ahamiyatga ega emas.
Saylovchi bir uchastkada ovoz berganida u avtomatik ravishda boshqa uchastkadagi ro‘yxatdan chiqariladi. Shu tariqa takroriy ovoz berish istisno qilinadi.
Bugun bo‘lib o‘tayotgan prezident saylovida biometrik shaxsini aniqlash tizimi Toshkent shahridagi 50 ta saylov uchastkasida yo‘lga qo‘yilgan.
Batafsil Sputnik videolavhasida tomosha qiling.