O‘tib ketish nomardlik bo‘lardi — sirdaryolik yigit cho‘kayotgan ona va bolani qutqarib qoldi

Sirdaryolik yigit “Janubiy Mirzacho‘l” kanalida cho‘kayotgan ona va bolani qutqarib qoldi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Sirdaryoda 21 yoshli Saidislombek Abdulqosimzoda cho‘kib ketayotgan ona va bolani qutqarib qoldi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Qayd etilishicha, 6-iyul kuni 21 yoshli Saidislombek Abdulqosimzoda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hududidan oqib o‘tuvchi “Janubiy Mirzacho‘l” kanalida ona va bolani cho‘kayotganini ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng darxol ularni qutqarib, hayotlarini saqlab qolgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, cho‘kib ketayotgan odamni qutqarmaslik, ko‘rib o‘tib ketish "nomardlik" bo‘lardi. U oldin bolani, keyin uning onasini suvdan olib chiqqan.

"Kanal atrofiga yugurgani chiqaman, imtihonga tayorlanaman. Cho‘kayotganlarni ko‘rgan zahoti hayolimda faqat tezroq ko‘maklashish bo‘ldi. O‘zim ham cho‘kishimga oz qoldi" - deydi qahramon.

Qahramonni allaqachon taqdirlashga ham ulgurishdi. Sirdaryo viloyati hokimi va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ulom Muxamedov ona va bolaning xolidan xabar olib, Saidislombek va uning ota bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Saidislombekka viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining "Faxriy yorlig‘i" va esdalik sovg‘alari bilan topshirildi.