TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekistondagi prezident saylovida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) kuzatuvchilari missiyasida 22 kishi faoliyat olib boradi. Bu haqda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) Ijroiya qo‘mitasining Toshkentdagi yig‘ilishida tashkilot bosh kotibi Chjan Min ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Ular orasida tashkilotga a’zo davlatlar, shuningdek, Kotibiyat va ShHT MATT vakillari ham bor. Rossiya tomonidan Davlat dumasining millatlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Gennadiy Semigin, Federatsiya Kengashining agrar oziq-ovqat siyosati va atrof-muhitni boshqarish bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Aleksandr Narolin va Rossiya Federatsiyasi MSK a’zosi Pavel Andreyev ishtirok etmoqda.
“Bizning monitoring missiyamiz xolislik, siyosiy betaraflik, ochiqlik, oshkoralik, davlatning ichki ishlariga aralashmaslik kabi umume’tirof etilgan tamoyillarga asoslanadi”, — dedi Chjan Min.
Eslatib ztamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekiston prezidenti saylovida respublika bo‘yicha jami 14 ta saylov okrugi tashkil etilib, ularga 10784 ta saylov uchastkalari biriktirilgan.