O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Saylovga "taklifnoma" olmagan fuqarolar qanday ovoz berishadi — MSK javobi

Chegara puktlarida xorijga ketayotgan fuqarolarga ham xorijda ovoz berish tartibi to‘g‘risida alohida etlatmalar berilgan.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Prezident sayloviga chorlovchi taklifnomalar barcha uchatkalarga ortig‘i bilan yetkazilgan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizamxodjayev ma’lum qildi.
Prezident saylovida xorijdagi o‘zbekistonliklar qayerda ovoz berishlari mumkin — manzillar
Bugun MSK xalqaro matbuot markazida OAV vakillari va xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev qayd etishicha, saylovga chorlovchi taklifnomalar barcha uchatkalarga ortig‘i bilan yetkazilgan.
“Saylovga chorlovchi taklifnomalar barcha uchatkalarga ortig‘i bilan yetkazilgan. Ba’zi bir xonadonlar uni olmagan bo‘lsa, bu saylovda ishtirok etolmaydi degani emas”, dedi u.
Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi rais o‘rinbosari Baxrom Kuchkarov ta’kidlashicha, xorijga ketayotgan fuqarolarga ham xorijda ovoz berish tartibi to‘g‘risida alohida etlatmalar berilgan.
"Xar bir saylovchi xorijga ketayotgan bo‘lsa, unga chegara punktlarida xorijda ovoz berish tartibi to‘g‘risida alohida etlatmalar qo‘liga berildi. Xar bir saylovchiga xabardor qilish varaqasi ya’ni “taklifnoma” ham berilgan. U yerda saylovda ovoz berish tartibi, vaqti va joyi batafsil tushuntirilgan. Mobil telefonlarga sms xabarnomalar ham yuborilgan", deydi Kuchkarov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekisonda Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga (SAER) jami 19 mln 593 ming 838 nafar fuqaro kiritildi. Xorijiy mamlakatlarda tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatidan jami 323 ming 626 nafar saylovchi joy oldi.
O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekiston prezidenti saylovida respublika bo‘yicha jami 14 ta saylov okrugi tashkil etilib, ularga 10784 ta saylov uchastkalari biriktirilgan. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuzildi.
Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan.