Mazali qovunni sotib olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar bor. Qovun sotuvchisining ma’lum qilishicha, qovun birinchi o‘rinda band bergan bo‘lishi kerak, ya’ni bandi uzilgan bo‘lishi kerak. Qovunining band bergani eng yaxshi pishgani bo‘ladi.
Markaziy Osiyoda qovun eng ko‘p yer maydoniga ekilishi jihatidan poliz ekinlari orasida 1-o‘rinda turadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, jahondagi eng mazali qovunlar O‘zbekistonda yetishtiriladi. Xalq seleksiyasida uning 150 dan ortiq navlari bor. Mamlakatda eng ko‘p ekiladigan qovun navlari: “Oqurug‘”, “Asate 3806”, “Bo‘rikalla”, “Ko‘ktinna”, “Ko‘kcha”, “Qizilurug‘”, “Mahalliy sariq handalak”, “Obi Novvot”, “Shakarpalak”, “Gurlan” kabilardir.