TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) saylov organlari rahbarlari Rossiyada o‘tkaziladigan prezident sayloviga taklif etildi. Bu haqda Rossiya Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Nikolay Bulayev Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari markaziy saylov organlari rahbarlari maslahat kengashining birinchi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
U o‘z so‘zida Komissiyaning ichki va xalqaro faoliyati, Rossiyada zamonaviy saylov tizimining 30-yilligi munosabati bilan rejalashtirilgan tadbirlar va Rossiya prezidenti sayloviga tayyorgarlik haqida gapirdi.
“Ish jadvalingizda vaqt topib, 2024-yil mart oyida Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarini kuzatishda ishtirok etishigizni xohlaymiz. Barchangizni ko‘rishdan xursand bo‘lamiz. Bundan tashqari, biz mart oyida Moskvada yirik qo‘shma ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazishni taklif qilamiz. Maslahat kengashi uning hammuallifi sifatida harakat qilishi mumkin. Konferensiya mavzusi va muhokama maydonchalarini keyinroq aniqlaymiz”, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nikolay Bulayev O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarini tashkil etish bilan bog‘liq hech qanday muammoni aniqlamaganini ma’lum qilgan edi.
Bugun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH ) mamlakatlari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi o‘z faoliyatini boshladi. Toshkentda MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlari maslahat kengashining birinchi majlisi ochildi.