Malayziya Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimasini chop etmoqchi

Malayziya va O‘zbekiston Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimasini Malayziyada nashr qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Malayziyada Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimasi chop etiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Malayziyada joylashgan dunyoning ikkinchi eng yirik Qur’oni Karim bosmaxonasi - "Nasyrul Quran" ma’rifiy majmuasiga tashrif buyurdi.
Majmua direktori Abdullatif Mirasa xattotlik yo‘nalishda tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.
"Muloqotda Malayziya tomoni va Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi hamkorligida Qur’onning o‘zbek tilidagi tarjimasini Malayziyada nashr qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi", deyiladi xabarda.
Uchrashuv davomida Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi tomonidan taqdim etilgan Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimasi va 6 jildlik "Tafsiri irfon" (Qur’oni Karim ma’nolarining o‘zbekcha tarjimasi va tafsiri) Malayziya tomoniga beg‘araz taqdim qilindi.