TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni dunyoga “sotadi”, vaziyatning asl holatini yashiradi. Bu haqda prezidentlikka nomzod kichik Robert Kennedi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“U (Bayden – tahr.) Ukraina haqida aytganlarning hammasi yolg‘on”, — dedi u.
Kennedi Oq uy rahbari kursisini egallasa, darhol Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik muzokaralarini boshlashini qo‘shimcha qildi.
Siyosatchi, shuningdek, Rossiya mojarodan qochishga bir necha bor uringanini aytdi va Zelenskiy Minsk kelishuvlarini imzolash va’dasi tufayli 2019-yilda qanday qilib Ukraina prezidenti bo‘lganini esladi.