TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Toshkent metallurgiya zavodida (TMZ) vaziyat barqaror, ishlar reja bo‘yicha amalga oshirilmoqda, deyiladi korxona tomonidan bugun e’lon qilingan bayonotda.
Bir necha kun oldin mahalliy OAVlarda “Toshkent metallurgiya zavodi” ta’sischilari tarkibida o‘zgarishlar bo‘lgani va korxona og‘ir moliyaviy ahvolda qolgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Kompaniya bunga javoban quyidagilarni ma’lum qildi:
Kompaniya ta’sischilari tarkibidagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish barqarorligiga va kreditorlar oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish imkoniyatiga ta’sir qilmaydi.
TMZ qarzdorligi tijorat faoliyati orqali to‘lanadi. Davlat kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas.
Qurilish va ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun kreditlarni jalb qilish yirik korxonalar uchun odatiy holdir.
TMZ tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2026-yildan daromadga kirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent metallurgiya zavodi ruxlangan va polimer qoplamali sovuq holda yoyilgan po‘lat prokat ishlab chiqariladi. Mahsulot O‘zbekiston, MO va MDH bozorlari uchun mo‘ljallangan.