O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

MDH kuzatuvchilari O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida ish olib boradi — Sergey Lebedev

Sergey Lebedev: Ovoz berish kuni Toshkent shahridagi uchastka komissiyalari faoliyati bilan o‘zim ham tanishaman.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik tinch muhitda o‘tmoqda. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Bosh Kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi.
Bugun Markaziy saylov komissiyasida MDH Bosh Kotibi Sergey Lebedev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh Kotibi Sergey Lebedev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Sergey Lebedevning so‘zlariga ko‘ra, uzoq muddatli kuzatuvchilarning shaxsiy taassurotlari asosida bildirgan fikr-mulohazalarini inobatga olib, ishonch bilan ayta olamanki, saylovga tayyorgarlik Saylov kodeksi doirasida, munosib saviyada va tinch muhitda o‘tmoqda.
Markaziy saylov komissiyasida MDH Bosh Kotibi Sergey Lebedev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“Saylov kuni kuzatuvga kelsak, qisqa muddatli kuzatuvchilarning asosiy guruhi bugun Toshkentga yetib kelmoqda va Missiya shtabidan barcha zarur materiallar va ko‘rsatmalar olgach, kuzatuvchilarimiz o‘z vazifalarini bajarishga kirishadilar”, dedi Lebedev.
Hamdo‘stlikdan kelgan kuzatuvchilar respublikaning deyarli barcha hududlari va poytaxtida ish olib borishi rejalashtirilgan.
"Ovoz berish kuni Toshkent shahridagi uchastka komissiyalari faoliyati bilan o‘zim ham tanishaman”, deya qo‘shimcha qildi u.
Sergey Lebedev Missiya o‘z faoliyatini erkin va mustaqil, O‘zbekiston qonunchiligiga, Hamdo‘stlik doirasida qabul qilingan hujjatlarga amal qilgan holda, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga aralashmasdan, davlat suverenitetini hurmat qilgan holda amalga oshirishini alohida ta’kidladi.
MDH Kuzatuvchilari missiyasi xulosalari saylovning ertasiga, 10-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Missiya va uning Bosh qarorgohi 16-iyundan saylov kampaniyasi monitoringini boshladi. Avvalroq MDH Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) kuzatuvchilari Markaziy saylov komissiyasi (MSK) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Monitoring guruhi tarkibiga 54 nafar kuzatuvchi, jumladan senatorlar, deputatlar va ekspertlar kiradi. Ular orasida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston parlamentlari vakillari bor.
O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekiston prezidenti saylovida respublika bo‘yicha jami 14 ta saylov okrugi tashkil etilib, ularga 10784 ta saylov uchastkalari biriktirilgan.
O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatish uchun chet el davlatlari va nufuzli xalqaro tashkilotlardan 785 nafar kuzatuvchilar tashrif buyuradi. Undan tashqari saylovni yoritish uchun akkreditatsiyadan o‘tgan mahalliy va xorijiy jurnalistlar va OAV vakillari umumiy soni 1 299 nafarni tashkil etmoqda.