Saylov kuni Toshkent metrosi qanday ishlaydi?

Toshkentda yangi metro bekatlari sinovdan o‘tkazildi
Yakshanba kuni Toshkent metrosida poyezdlar harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Toshkent metrosi 9-iyul kuni doimiy jadval asosida ishlaydi, deya xabar berdi "Toshkent metropoliteni".
Yakshanba, 9-iyul kuni O‘zbekistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Toshkent metrosida poyezdlar harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bo‘ylab saylov uchastkalari soat 8.00 dan 20.00 gacha ochiq bo‘ladi. Prezident saylovida respublika bo‘yicha jami 14 ta saylov okrugi tashkil etilib, ularga 10784 ta saylov uchastkasi biriktirilgan.
Kak budut proxodit dosrochnie prezidentskie vibori v Uzbekistane infografika zaglushka
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda prezident saylovida ovoz berish qanday o‘tadi