TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Qamchiq dovonida mayda do‘l yog‘di. Bu haqda “Pochtachi” telegram kanali "Qamchiqavtoyo‘l"ga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Qamchiq dovoni taraflarda qor yog‘di mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, aslida ikki tonnel orasida qor emas, do‘l yoqqan.
"Qamchiqavtoyo‘l"ga ko‘ra, ayni vaqtda "Qamchiq" dovonidagi ikki tunnel oralig‘ida yog‘ingarchilik to‘xtagan. Yo‘llar holati yaxshi. Transport vositalarining harakati davom etmoqda.
Havo bulutli, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, do‘l yog‘ib momaqaldiroq bo‘lib turibdi. Ko‘rinish 4000 m, shamol yo‘q, harorat +13 daraja.