TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning konserti bekor qilindi, deb xabar berdi O‘zbekiston Madaniyat vazirligi.
23 oktabrga belgilangan konsert “texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Aytilishicha, chipta sotib olgan tomoshabinlar ularni belgilangan tartibda qaytarib olishlari mumkin.