Bayden yana “qovun tushirdi”: AQSh prezidenti alamini minbardan oldi — video

AQSh prezidenti Bayden nutqi davomida minbarni bir necha bor tepdi.
Sputnik
AQSh prezidenti Jo Bayden Janubiy Karolinadagi nutqi chog‘ida minbarni tepishni boshladi, video GOP War Room Youtube - kanalida chop etildi.
Kadrlarda Oq uy rahbarining qanday qilib minbarni bir necha bor tepgani, shundan so‘ng u yig‘ilgan tomoshabinlardan orqa o‘girib, xuddi shunday qilishga urinayotgani aks etgan.
"Sizga qiziq bo‘lsa, men tepapman, men minbarni tepapman. Bu ishlamayapti", — deb shikoyat qildi Bayden.
AQSh prezidenti uning xatti-harakatini tushuntirishga urinib ko‘rganidan so‘ng, agar uning ustida tursa, bo‘yi baland bo‘ladi, deb hazil qildi.