Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Britaniya raketasining tutib olinishi NATO uchun ta’sirli zarba bo‘ladi — OAV

War Zone: Rossiyaliklar qo‘liga kiritgan Storm Shadow raketasi G‘arb harbiy texnologiya sirlarini ochib beradi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Rossiyaliklar butun Storm Shadow raketasini tutib olsalar, G‘arb uchun ta’sirli zarba bo‘lishi mumkin, deb yozadi The War Zone portali.

Bitta ko‘p shikastlanmagan raketaning yo‘qolishi — nomaqbul hodisadir. Britaniyaning Storm Shadow ko‘rinishini kamaytiradigan ba’zi yashirin texnologiyaga ega. <…> Uni qurishda foydalanilgan materiallar va jangovar kallakning tuzilishi ham qiziqarli bo‘lardi, — deyilgan maqolada.

Nashrning yozishicha, Storm Shadow ning eng sirli qismi o‘q-dorilarni boshqarish tizimidir. Agar ichki datchik, dasturiy ta’minot va bort elektronikasi potensial raqib qo‘liga tushib qolsa, ular ko‘proq raketa zaifliklarini ochib beradi, deya xulosa qilishdi nashr mualliflari.
Ukrainadagi mojaro fonida G‘arb Kiyevni Shimoliy Atlantika alyansiga tortish va uni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etmoqda. Moskva NATO davlatlari “o‘t bilan o‘ynashayotganini” bir necha bor ta’kidlagan. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Amerika va Yevropa harbiy texnikasi maxsus harbiy operatsiya jarayoniga ta’sir qilmasligini ta’kidlagandi.