“Unga shunday vazifa qo‘yilgan”: Zelenskiyning mudhish rejasini ochiqlandi

Vladimir Zelenskiy Ukraina QKning ulkan yo‘qotishlariga qaramay, har qanday holatda ham hujum qilishni rejalashtirmoqda - Oleg Soskin
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari (UQK)ning ulkan yo‘qotishlariga qaramay, har qanday holatda ham hujum qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin YouTube blogida ma’lum qildi.

"Hujum qilish uchun armiyani barbod qilish kerak. Zelenskiyga hujum qilish vazifasi berilgan, u buni amalga oshirmoqchi, lekin Xudo xohlasa, uddalay olmaydi", — dedi u.

Mutaxassisning fikricha, agar UQK janglarda asosiy kuchlaridan foydalansa, bu Kiyevda qolgan barcha jangovar bo‘linmalarni yo‘q qiladi.
Avvalroq Kuchmaning sobiq maslahatchisi Shimoliy Atlantika alyansi mamlakatlari zimmasiga qarama-qarshilikning butun ma’suliyatini qayta taqsimlash va “Kiyevni zarba ostida qolishdan olib chiqish” uchun Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolashni taklif qilgandi.