Ukraina hukumati Kiyev-Pechersk lavrasi korpuslarini egallab oldi — advokat

UPCh vakillaridan biri korpuslarni qanday egallab olishayotganini videoga olgan va ibodat qiluvchilarni lavraga kelishni chaqirgan.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Ukraina hukumati Kiyev-Pechersk lavrasi hududidagi Ukraina pravoslav cherkovi (UPCh) ibodatxonasi korpuslarini egallab oldi. Bu haqda UPCh manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Nikita Chekman ma’lum qildi.
“Ibodatxona korpuslarini egallab olishganini xabar qilishmoqda”, - deya yozdi advokat o‘zining Telegram-kanalida.
Advokat kanalida joylashtirilgan suratlarda politsiya, jumladan, maxsus bo‘linma xodimlari binosi o‘rab olgani va uning ichiga kirishga ruxsat berishmayotganini ko‘rish mumkin.
UPCh vakillaridan biri korpuslarni qanday egallab olishayotganini videoga olgan va ibodat qiluvchilarni lavraga kelishni chaqirgan.
Chekmanning aniqlik kiritishicha, “Kiyev-Pechersk lavrasi” qo‘riqxonasi vakillari politsiya hamrohligida qonuniy asoslarsiz lavraning 70-korpusiga kirgan. Keyin lavraning uchta korpusini muhrlagan. Ularning birida UPCh mitropoliti Onufriyning qarorgohi joylashgan edi.