TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Zaporojye atom elektr stansiyasi (ZAES)da dahshatli provokatsiya tayyorlamoqda, deb yozdi Yevroparlament sobiq deputati Florian Filippo Twitter’da. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Ular "Shimoliy oqimlar"da tortinmasdan diversiyani amalga oshirishdi, hozir esa Zelenskiyga NATO sammitiga bir necha kun qolganda "katta zarba" kerak!", - deb yozgan siyosatchi.
Filipponing ta’kidlashicha, ZAESga hujum Ukraina rahbari uchun Kiyev rejimini yangi G‘arb qurollari bilan ta’minlash uchun bahona sifatida kerak.
“Rosenergoatom” rahbari maslahatchisi Renat Karchaa “Rossiya 24” telekanali efirida Kiyev 5-iyulga o‘tar kechasi Zaporojye atom elektr stansiyasiga yuqori aniqlikdagi qurollar va kamikadze-dronlardan foydalangan holda hujum qilmoqchi ekanligini aytgan edi.