TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezident saylovi kuni Toshkentdagi ayrim saylov uchastkalarida fuqarlar biometrik identifikatsiya qilinadi. Bu haqida MSK xabar qilmoqda.
"Toshkent shahar hududidagi 50 ta saylov uchastkasida tajriba-sinov tariqasida saylovchilarni biometrik-identifiksiya qilish qurilmalaridan foydalangan holda ovoz berish jarayonlari tashkil etiladi", - deyiladi xabarda.
Biometrik identifikatsiyadan o‘tish uchun, fuqaro o‘z pasporti yoki ID kartasini beradi va kameraga qarab turishi kerak bo‘ladi. Kompyuter uning shaxsini aniqlaganidan so‘ng unga maxsus kvitansiya taqdim etiladi. Shundan so‘ng fuqaro saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi va bulleten oladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti saylovida respublika bo‘yicha jami 14 ta saylov okrugi tashkil etilib, ularga 10784 ta saylov uchastkalari biriktirilgan.
O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatish uchun chet el davlatlari va nufuzli xalqaro tashkilotlardan 785 nafar kuzatuvchilar tashrif buyuradi. Undan tashqari saylovni yoritish uchun akkreditatsiyadan o‘tgan mahalliy va xorijiy jurnalistlar va OAV vakillari umumiy soni 1 299 nafarni tashkil etmoqda.