Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi

“Toshkent — Qarshi — Toshkent” va “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishlarida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar berdi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 10-iyul kuni 780/779-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 1 ta reys harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:
780-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi - Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21;
779-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi - Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.
Shuningdek, 7-iyul kunidan 10-iyul kunigacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi - Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19;
768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi -Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki eticket.railway.uz sayti orqali ham xarid qilish mumkinligi eslatilgan.