Qirg‘izistonda qurol sotayotgan militsiya mayori qo‘lga olindi — video

Respublika Davlat xavfsizlik qo‘mitasi qurol-yarog‘ning noqonuniy savdosiga boshqa militsiya xodimlari ham aloqador deb gumon qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Bishkekda qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar sotgan politsiya mayori qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Hibsga olish Ichki tergov xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilgan.
Qirg‘izistonda to‘pponcha sotayotgan militsiya mayori qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mayor Ichki ishlar vazirligida xizmat qilgan yillarida qo‘lga kiritgan to‘pponcha, miltiq va o‘q-dorilarni sotish bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi.
Tintuv chog‘ida undan turli kalibrli to‘rtta miltiq, to‘qqizta granata va bir necha turdagi qurollar uchun 500 dan ortiq patron topilgan.
Qo‘mita qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning noqonuniy savdosiga boshqa militsiya xodimlari ham aloqador deb gumon qilmoqda.