TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan bugun, 6-iyul kuni, soat 00:25 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Episentr: Buxoro viloyati, Peshku tumani. Zilzila koordinatalari: 40,36 gradus shimoliy kenglik; 63,27 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 15 km.
Zilzila episentri Toshkentdan 510 km janubiy-g‘arbda.