TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor yirik gidro to‘plash elektr stansiyalar barpo etiladi. Bu borada Xitoyning “China Southern Power Grid International (HK) Co., Ltd” kompaniyasi bilan memorandum imzolandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Xabar berilishicha, “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov hamda Xitoyning “China Southern Power Grid International (HK) Co., Ltd” kompaniyasi raisi Chjan Tanji Anglashuv memorandumini imzolagan. Loyiha qiymati 1 mlrd 640 mln dollarga teng.
Loyihalar 2030-yilgacha to‘liq quvvatda ishga tushirilishi kutilmoqda.
Xabarda aytilishicha, loyihalar ishga tushirilgach, 1 mln 600 mingdan ortiq aholi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Shuningdek, ular yiliga o‘rtacha 3 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida 835 mln 655 ming kub metr tabiiy gaz tejaladi. Atmosferaga chiquvchi zararli is gazi miqdori kamayishi ham kutilmoqda.