TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Joriy yilning 15-iyul kuni Tailandning Pxuket shahrida boks bo‘yicha “Chempionlar oqshomi” turniri tashkil etiladi. Ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili ham ringga ko‘tariladi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Shou doirasida Olimpiada va jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov, jahon chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va JCh ishtirokchisi, bir qator xalqaro turnirlar g‘olibi Mujibillo Tursunov ringga ko‘tariladi.
O‘zbek bokschilarining raqiblari:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) — Martin Salvador Molina (Ispaniya);
-63.5 kg: Mujibillo Tursunov (O‘zbekiston) — Xunarip Pidnuch (Tailand);
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (O‘zbekiston) — Dulat Bekbauov (Qozog‘iston).
Janglar 3 daqiqadan 5 raund davom etadi.
Ma’lumot uchun, IBA tomonidan bunday musobaqa 2022-yilning dekabr oyida ham tashkil etilgan va unda Bahodir Jalolov hamda Saidjamshid Jafarov ringga ko‘tarilgan.