TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi markaziy harbiy orkestrlari “Ostona – madaniyat karvoni” birinchi harbiy orkestr festivalida ishtirok etadi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Tadbir bugun, 6-iyul kuni, Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tadi. Unda Ozarbayjon, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Yaponiyadan musiqa jamoalari ham ishtirok etmoqda.
Respublika Mudofaa vazirligi ham harbiy orkestrlar festivali tinchlik, hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilganini ta’kidladi.