Oq uyda topilgan kokain "kiyevlik kichkintoy" uchun tayyorlab qo‘yilgan - Medvedev

Medvedev: F-16 qiruvchilarining o‘rniga "kiyevlik kichkintoy uchun tinchlantiruvchi vosita tayyorlandi".
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Oq uyda kokain topilgani haqida gapirar ekan, Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari o‘rniga “kiyevlik kichkintoy uchun tinchlantiruvchi vosita tayyorlab qo‘yilgan”ligini aytdi.

"Oq uyda kokain topildi. Aftidan, F-16 o‘rniga kiyevlik kichkintoy uchun tinchlantiruvchi vosita tayyorlab qo‘yilgan", - deb yozdi Medvedev ingliz tilida o‘zining Twitter sahifasida.

Yakshanba kuni AQSh Maxfiy xizmati xodimlari prezident administratsiyasi binosida oq kukun topgan. Shundan so‘ng evakuatsiya e’lon qilindi. O‘tkazilgan ekspertiza AQSh administratsiyasining g‘arbiy qanotida topilgan kukun kokain ekanligini tasdiqladi.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgandi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi. Kremlning ta’kidlashicha, G‘arb tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishi Rossiya-Ukraina muzokaralariga yordam bermaydi, aksincha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.