Lukashenko: Rossiya - sayyora kelajagi

Belarus rahbari Rossiya “o‘zini yanada faolroq ko‘rsatishi kerak” deb hisoblaydi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyani sayyora kelajagi deb atadi.

“Rossiya — sayyora kelajagi. Barcha resurslar shu yerda”, - dedi Lukashenko. Uning so‘zlaridan Sputnik Belarus iqtibos keltirgan.

Belarus rahbarining so‘zlariga qaraganda, Rossiyada qator sohalarda ilg‘or texnologiyalar mavjud.
Shuningdek, Lukashenko Rossiya “o‘zini yanada faolroq ko‘rsatishi kerak”ligini ta’kidladi.
“Moskva postsovet hududida birlashtiruvchi kuch bo‘lishi kerak”, - dedi Belarus yetakchisi.