Angren va Ohangaronda avtoyo‘lchilar uchun baza quriladi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga viloyatdan tegishli yer maydonlari ajratib beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Angren va Ohangaronda avtoyo‘lchilar uchun baza quriladi. Bu Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan imzolangan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjat bilan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga viloyatdan tegishli yer maydonlari ajratib beriladi.
Ajratiladigan yer maydoni:
Angren shahar “Oppartak” MFY hududidagi ishlab chiqarish sifatida foydalanilayotgan yer maydoni;
Ohangaron tumani “Ko‘ksaroy” MFY hududidagi texnikalar saqlash uchun mo‘ljallangan 0,60 gektar yer maydoni.
Yo‘l ta’mirlash bo‘limini joylashtirishga mo‘ljallangan mazkur bazada avtoyo‘lchilar va maxsus texnikalar saqlanadigan binolar quriladi.