Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainaning Makeyevkani o‘qqa tutishi oqibatida jabrlanganlar soni 36 kishiga yetdi - video

Ukraina harbiylari Makeyevkadagi turar-joylar va kasalxona majmuasiga zarba bergan.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari tomonidan DXRdagi Makeyevka o‘qqa tutilishi oqibatida yaralanganlar soni 36 nafarga yetdi. Bu haqda Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazidagi DXR vakolatxonasi xabar berdi.
“36 nafar tinch aholi turli og‘irlikdagi jarohat olgan, ular orasida bolalar ham bor: 2021-yilda tug‘ilgan qiz bola va 2016-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola”, — deyiladi xabarda.
Kecha kechqurun DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin UQK Makeyevkaning Chervonogvardeyskiy tumanidagi turar-joylar va kasalxona majmuasiga zarba berganini ma’lum qildi. Turar-joy majmualari, shifoxona, maktab va bolalar bog‘chasi binolari zarar ko‘rgan.
Shahar meri Vladislav Klyucharovning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, UQKning o‘qqa tutishi oqibatida 62 yoshli erkak halok bo‘lgan.
Makeyevka — Doneskning yo‘ldosh shahari.