TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Toshkent shahrining Mirobod tumanida quyosh panelida ishlaydigan birinchi avtobus bekati ishga tushirildi.
Avtobus bekati “Shimoliy” vokzal va “Toshkent” metro bekati yonida joylashgan. Quyosh panellari bekatning tomiga o‘rnatilgan bo‘lib, bekatning ichki qismida quyosh paneli uchun invertor joy olgan.
“Bu tumanda quyosh paneli o‘rnatilgan yagona bekat. Tez orada bekatga quvvatlovchi qurilma va Wi-Fi o‘rnatiladi”, - deya ma’lum qildi tuman hokimligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.
Aytilishicha, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi obyektni yoritish va elektron tablo uchun ishlatiladi.