To‘raqo‘rg‘on IESda quyosh panellari o‘rnatildi — elektr energiyasi kimlarga yetkazib beriladi?

To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi o‘z ehtiyojlari uchun quyosh panellari o‘rnatdi. Ortgan elektr energiyasi hududiy elektr tarmoqlariga sotilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida (IES) quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Stansiya undan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishni maqsad qilgan.

“Mazkur stansiya foydalanishga topshirilishi natijasida elektr stansiyasida yiliga qo‘shimcha 1,9 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi”, - deyiladi xabarda.

Buning evaziga yiliga 500 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Aytilishicha, elektr stansiyasi o‘z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlariga shartnoma asosida sotmoqda.