TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Sirdaryo viloyatida 360°da qoidabuzarliklarni aniqlash boshlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 360°dagi ko‘rinishda qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma o‘rnatilgan patrul avtomobili Sirdaryo viloyati avtomobil yo‘llarida ham xizmat boshladi.
Qoidabuzarliklarni aniqlovchi qurilma ishga tushirildi
© Slujba bezopasnosti dorojnogo dvijeniya
“Maxsus mayoqchali mobil kompleks potrul avtomobillari iyul oyidan boshlab ish faoliyatini boshladi. U 12 turdagi qoidabuzarliklarni aniqlaydi”, - dedi Sirdaryo viloyati IIB JXX YeHXB katta mutaxassisi Elor Qo‘chqorov.
Xabarda haydovchilardan qoidalarga rioya etgan holda, tezlikni meyoridan oshirmasdan harakatlanish so‘ralmoqda.
Qoidabuzarliklarni aniqlovchi qurilma ishga tushirildi
© Slujba bezopasnosti dorojnogo dvijeniya
Eslatib o‘tamiz, may oyida Toshkent viloyatida 360°da qoidabuzarliklarni aniqlovchi qurilma ishga tushirilgan edi. Bundan maqsad - respublika hududida YTHlarni oldini olish, qoidabuzarliklarga chek qo‘yish va harakatlanish xavfsizligini ta’minlash.