TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudida 4 tup qimmatbaho sadaqayrag‘och daraxtini kesgan fuqaro nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2-mart kuni Namangan tuman Ekologiya bo‘limi inspektorlari, IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda "O‘lmas" MFY hududida profilaktik qo‘shma reyd o‘tkazilgan.
“Reyd davomida fuqaro B.M. tomonidan yoshi 100-yildan kam bo‘lgan 4 tup qimmatbaho sadaqayrag‘och daraxti kesib yuborilganligi va bu orqali o‘simlik dunyosiga 326 850 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi”, - deyiladi xabarda.
Mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasining 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi bu ishni ko‘rib chiqqan va hukm chiqargan.
Hukmga ko‘ra, fuqaro B.M.ga nisbatan 2-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tanlangan. Bundan tashqari, u 326 850 000 so‘m zararni qoplashi shart.