TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Qashqadaryo viloyati Koson tumanida qurilish firmasi 15 ta kam ta’minlangan oilaga uy sovg‘a qildi, deya xabar bermoqda “Pochtachi” telegram kanali.
Koson tumani "Yangi O‘zbekiston" massivlari
© Koson tumani hokimligi
Tumanning Do‘stlik mahallasida “Yangi O‘zbekiston” massivlari yaratilmoqda. Mazkur hududda 7 ta 5 qavatdan iborat uy-joy qurgan “Koson Sanoat Montaj” MChJ jami 140 ta xonadonning 15 tasini kam ta’minlangan oilalarga sovg‘a qildi.
Qashqadaryoda qurilish firmasi 15 ta muhtoj oilaga uy sovg‘a qildi
© Koson tumani hokimligi
Aytilishicha, tadbirkor kelajakda yana shunday saxovat tadbirlarini tashkil etishdan to‘xtamasligini bildirgan.
Avvalroq, xuddi shu tumandan boshqa bir noma’lum tadbirkor Yuqori obron mahallasida ehtiyojmand, nogironligi bor va kam ta’minlangan oilalarga 14 ta bepul uylar qurib bergan edi. Uylarning har birining qiymati 1 mlrd so‘mdan oshishi ma’lum qilingan. Uylarning barchasi jihozlar bilan ta’minlangani aytiladi.